KIRISH SO’ZLAR

KIRISH SO’ZLAR — gap bilan sintaktik bog’lanmagan so’zlar. So’zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini («baxtimga», «afsuski»), fikrning umumiy bahosini («ehtimol», «albatta»), kimga karashli ekanligini («menimcha», «aytishlaricha») yoki oldingi fikr bilan aloqasini («xullas», «nihoyat») bildiradi.