Kirishish
Kirishish (to’qimachilikda) — gazlamalarni saqlash, ho’llash, kiyim-ke- chaklarni kiyib yurish, yuvish va kimyoviy tozalash jarayonida turli omillar (mas, nam, kimyoviy eritmalar) ta’sirida ular- ning bo’yiga yoki eniga qisqarishi. Gazla- malarning asosiy xossalaridan biri. K. darajasi tanda va arqoq iplarining qanday tolalardan tayyorlanganligiga, xossalariga, to’qimaning to’zilishi (zich- ligi) va pardozlash xillariga bog’liq. Ip-gazlamalarning K. darajasi (kiri- shuvchanligi) jun va ipak tolalaridan to’qilgan gazlamalarnikiga qaraganda, keyingilariniki esa sun’iy tolalar- dan tuqilgan gazlamalarnikiga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Agar tanda va arqoq iplarining K. darajasi bir xil bo’lsa, gazlama bo’yiga ham, eniga ham birday, agar Qar xil bo’lsa — har xil kirishadi. Umuman, gazlamalar va ulardan tikilgan kiyim-boshlarning K. darajasi tanda bo’yicha 1,5—5%, arqoq bo’yicha 1,5—3,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun ayrim kirishuvchan gazlamalardan biror narsa tikishdan oldin ularni yuvib yoki kimyo- viy ishlov berib «kirishtirib» olina- Di.