Kirov

Kirov (haqiqiy familiyasi Kostri- kov) Sergey Mironovich [1886. 15(27).3, Urjum, hoz. Kirov viloyati — 1934.1.12, Leningrad] — Rossiyada inqilobiy harakat va fuqarolar urushi qatnashchisi. 1921 y.dan Ozarbayjon KP MK 1-kotibi. 1926 y.dan partiya Leningrad gubkomi (obkomi) va shahar komiteti hamda VKP (b) MK shim.-G’arbiy byurosining 1-ko- tibi, ayni vaqtda 1934 y.da VKP(b) MK kotibi. Terrorchi tomonidan Smolniy- da otib o’ldirilgan.