Kirovograd viloyati
Kirovograd viloyati — Ukrai — nadagi viloyat. 1939 y. 10 yanv.da tashkil etilgan. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 1211,2 ming kishi (1997), asosan, Ukra- inlar; shuningdek, rus, Belorus, yaxudiy, moddavanlar ham yashaydi. Shaharliklar 52%. 21 tumanga bo’lingan, 12 shahar, 26 shaharcha bor. Markazi — Kirovograd sh. K.v. Dnepr bo’yi qirlarining Jan. qismida, er yuzasi Daryo vodiylari va jarlar o’yib yuborgan to’lqinsimon te- kislik. Foydali qazilmalari: qo’ng’ir ko’mir, grafit, nikel rudasi, qurilish materiallari, torf, temir rudasi. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -5,4° dan -5,6° gacha, iyulniki 20-21,4°. Yillik yog’in 450 mm. Vegetasiya davri 200-210 kun. Daryola- ri: Dnepr, Ingul, Sinyuxa va Jan. Bug. K.v. hududida Kremenchug, Dneprodzer- jinsk va b. suv omborlari bor. Tuprog’i, asosan, qoratuproq. O’rmon va butazorlar mavjud. K.v. sanoatining etakchi tarmoqlari: oziq-ovqat, mashinasozlik, yonilg’i va rangli metallurgiya. Energetika xujali- gini bir qancha GES va issiqlik elektr st-yasi tashkil etgan. Oziq-ovqat sano- atida shakarqand, yog’-moy, spirt, go’sht, un, moy-sir, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, asosan, q.x. ma- shinalari va Ji-hozlar i.ch.ga ixtisos- lashgan. Yoqilg’i sanoatida qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi va qayta ishlanadi. Rang- li metallurgiya rivojlanmokda. Engil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyab- zal, paypoq, ko’n z-Di, yog’ochsozlik, mebel k-tlari) bor. Qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar mavjud. Q.x.da g’alla, qand lavlagi, kori- ANDR, ko’ngaboqar ekiladi, chorvachi- ligi go’sht-sut etishtirishga ixtisos- lashgan. Bog’dorchilik va rezavor me- vachilik salmoqli o’rin tutadi. Hovo’z baliqchiligi rivojlangan. T. y., avtomo- bil yo’llari zich, aeroport bor. Dnepr daryosida kema qatnaydi.