KIRXGOF QOIDALARI
KIRXGOF QOIDALARI — tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qo’yilgan e.yu.k,lar bo’yicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. O’tkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi o’zgarmas tok yoki kvazistasionar tok (sekin o’zgaradigan o’zgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlar- ni ifodalaydi. 1847 y.da g.R.Kirxgof aniqlagan. Tarmoqlangan zanjirda kamida uchta o’tkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirxgofning bi- rinchi qoidasiga ko’ra, o’tkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta (tugun) da uchra- shuvchi tok kuchlari 1K ning algebraic yig’indisi nolga teng: £ Іk = 0, bunda k — tugunga kelib qo’shilayotgan o’tkazgichlar soni. Tugunga kelayotgan toklar mus- BAT, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadi- ning saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirxgofning ikkinchi qoidasiga ko’ra, o’tkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturda zanjirning te- gishli qismlaridagi tok kuchlari 1K ning shu qismlar qarshiliklari R ga ko’paytmalari yig’indisi mazkur kon- turdagi e.yu.k.lari yig’indisiga teng, ya’ni X/tRk = X ek , bunda ya-konturning tegishli qismlari. Tokning yo’nalishi b-n konturning yo’nalishi soat mili yo’nalishi bo’yicha bo’lsa va e. yu. k. kon- tur yo’nalishida tok hosil qilsa, tok va e. yu. k. musbat, aks holda esa ular manfiy qiymatga ega bo’ladi.