Kish

Kish — Bobildan 18 km shim.- sharkda joylashgan qad. shahar (Irokda- gi hoz. Oxeymir sh. xarobasi). Mil. AV. 4-ming yillik oxiri — 3-ming yillik boshlarida qad. qishloq o’rnida vujudga kelgan. Qad. Mesopotamiya davlatlari- dan birining markazi (mil. AV. 28-a.). K. mil. AV. 28-a.da Shumer qabilalarining 1-uyushmasiga rahbarlik qilgan (K. I-sulolasi davrida), lekin mil. AV. 27-a. da Uruk sh. b-n bo’lgan kurashda o’z ustun- ligini yo’qotgan. Mil. AV. 27— 25-a. larda K. hokimlari shim. Shumerda o’z mavqelarini saqlab turishga intilgan- lar. 24-a.ning 1-yarmida Uruk va Umma sh.lari hokimi shumerlik shoh Lugal- zagansi K.ni vayron qilgan, lekin tez orada shahar Akkad shohi Sargon tomoni- dan qayta tiklangan. Keyinchalik Bobil, Axomaniylar davlati, Parfiya podsho- ligi va Sosoniylar davlatining yirik viloyat markazi bo’lib, mustaqil rol o’ynamagan. 1912 y.da frantsuz va 1923— 32 y.larda ingliz arxeologiya ekspedi- tsiyalarining qazishmalari natijasida saroy, ilk sulola davriga oid nekropol (mil. AV. 3-ming yillik), sopol idishlar, jez qurollar va taqinchoklar, tsilindr shaklidagi muhr, Akkad davri binola- ri, mixxat yozuvlari arxivi xujjatlari (mil. AV. 3-ming yillik boshi — 1 ming yillik) topilgan.