Kishinyov

Kishinyov — Moldaviya Respubli- kasi poytaxti. Bik daryosi (Dnestrning o’ng irmog’i) sohilida. T. y. stantsiyasi Yanv.ning o’rtacha t-rasi -3,5°, iyul- niki 21,5°. Aholisi 700 ming kishi (1990-y.lar oxiri; shahar ma’muriyatiga bo’yso’ngan aholi punktlari b-n birga). K.da 3 shaxar tumani bor. Hozirgi K. o’rnida katta qishloq bo’lganligi haqidagi dastlabki ma’lu-mot 1466 y.ga mansub. 17-a.ning 2-yarmida K. shaharga aylangan. 16-a. boshlaridan 1812 y. gacha Moldaviya knyazligi tarki- bida Turkiyaga qaram bo’lgan. 1812 y.da Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib olgan. 1818 y.dan K. — Bessarabiya vilo- yati markazi. 1873 y.dan yangidan tuzilgan Bessarabiya gubernyasi tarkibiga kir- gan. K.da 1918 y. 1(14) yanv. da sho’rolar hokimiyati o’rnatildi. O’sha yili yanv.da shahar Ruminiya tasarrufiga o’tdi. 1940 y. 2 avg.da Moldaviya Sovet Respublika- si to’zilgach, K. uning poytaxti, 1991 y.da sho’rolar imperiyasi qulagach, mustaqil Moldaviya Respublikasi poytaxti bo’ldi. K.da mashinasozlik (q. x. mashi- nalari, savdo va oziq-ovqat sanoati jihozlari, sovitkichlar, elektr o’lchash priborlari, televizorlar va b.), oziq- ovqat (vino, meva-sabzavot konserva, ta- maki), engil (ko’n poyabzal, trikotaj va b.) kimyo, yog’ochsozlik (shu jumladan, me- bel) sanoati korxonalari bor. Molda- viya FA, 7 oliy o’quv yurti (shu jumladan, Moldaviya un-ti), 5 teatr, 9 muzey (shu jumladan, o’lkashunoslik, tarix, badi- iy, A. S. Pushkin muzeylari) mavjud. Cherkov (18-a.), kafedrali sobor (19-a.) va Zafar toki (hozir g’alaba toqi; 19-a.) saqlangan. 60-80-y.larda yangi sanoat va turar joy binolari qurilgan.