Kiston qora Sulton, Kistin qaro Sulton

Kiston qora Sulton, Kistin qaro Sulton (? — 1544.8.10, Balx) — shayboniylardan amalda mustaqil bo’lgan Balx xonligi asoschisi va bi- rinchi xoni (1526-44). Shayboniy sul- tonlardan Jonibek sultonning o’g’li. Bobur huzurida uning elchisi (Xoja Kamoliddin qo’noq) bo’lgan. Ubaydulla- xonning Xurosonga qilgan yurishlarida (1528,1531) qatnashgan. Balxga tajovo’z qilgan boburiylardan Humoyun (Kobul hokimi) va temuriylardan Badaxshon hokimi Sulaymonshoh b-n (1536) ko’rash olib borgan. 1537-38 y.lardan bosh- lab Balx b-n Eron o’rtasida nisbatan tinch munosabatlar o’rnatilgan. K.Q-S davrida Balxda ko’plab masjid, Madra- sa, shifoxona va b. binolar qurilgan. Xususan, Hinduvon (qal’a)da yangi qal’a, shahardagi xon xiyobonida Sulton hammomi va mayd. 100×100 gaz ga teng sa- Roy qurilgan. Sulton hammomini qurish 4 yilga yaqin (1528-31) davom etib, o’z davrining ulkan inshooti bo’lgan. Manbalar Mirzo Boyqaro chorbog’ida qurilgan chortoqni (1539) ham K.Q.s. nomi b-n bog’laydilar. Uning saroyida Podshohxoja, Baqoiy, Shaydo, Oshiq, AB- diy, Xovariy kabi forsigo’y va turkigo’y shoirlar yashab ijod qilganlar. Ubaydul- laxon vafotidan so’ng, K.Q-S — Buxoroga borib, 1541 y. iyulida Mo’g’ulcha xonimga (asli Oysha Sultonbegim — Boburning tog’asi Toshkent hokimi Mahmudxonning qizi, dastlab Shayboniyxon va u Marvda halok bo’lgach, Ubaydullaxon xotinlikka olgan) uylanib qaytadi. Tarixchi Said Roqimning xabaricha, K. Q S — umrining so’nggi yillarida savdoyi kasaliga yo’liqqan bo’lib, ko’pgina nojo’ya ishlar- ni qilgan. Bu aholi va qo’shin o’rtasida g’alayon ko’tarilishiga olib kelgan. Manba: H o f i z tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1,2-j.lar, T., 1999, 2000. Ad.: Axmedov B.A., Istoriya Balxa, T., 1982.