Kitana personaji haqida

Kitana — Jon Tobias hamda Ed Bun tomonidan o’ylab topilgan personaj bo’lib, 1992-yil «Mortal Kombat 2» o’yinida ilk bora ko’rinish beradi.

O’yin syujetiga ko’ra Kitana Edeniya nomli mamlakatda tug’iladi. Onasi Sindel, otasi lord Jerard, o’gay otasi Shao Kan hamda singlisi Milina hisoblanadi.

Kitana ko’p vaqtlar davomida tashqi olam qiroli hisoblanmish Shao Kanning shaxsiy assasini bo’lib xizmat qiladi. Kitana Shao Kanni o’z otasi deb o’ylar edi, ammo tashqi dunyo qirolligidagi turnir vaqtida asl haqiqatni bilib qoladi. Gap shundaki Kitana aslida Edeniya nomli mamlakat imperatori lord Jerardning qizi edi.

Shundan so’ng Shao Kan Edeniya mamlakatini yo’q qilib tashlaydi, lord Jerardni esa o’limga hukm qiladi. Lordning turmush o’rtog’i bo’lmish Sindelga uylanib Kitanani asrab oladi. Sindel esa o’z joniga qasd qiladi. Shundan so’ng Kitana Shao Kanning qilgan barcha yovuzliklariga javob qaytarish yo’lini o’ylar, qulay vaziyat bo’lishi bilan Shao Kanga zarba berishga taraddud ko’rar edi.

Kitananing jang qilish uslublari: Burgut panjasi, baguastyuan.

Asosiy qirollari: uchar qilichlar, bo, razorang, sailar hamda yelpig’ich.

GamePro nashrining talqini bo’yicha Kitana eng yaxshi kompyuter o’yinlari personajlari ichida 11-o’rinni band qilgan.