Kitob belgisi

Kitob belgisi — 1) kitobning shartli belgisi; kitobning cap (titul) varag’i pastki chap qismiga nashriyot to- monidan qo’yiladigan belgi; kitobni joylashtirish, nomma-nom hisobga olish, kitob do’konlarining bibliografik ish- larida va b. kitob savdosi jarayonlarida zarur bo’lgan bir qator qismlardan tar- kib topadi. Mas: Sh. Shomuhamedovning «Shoh kitob va uning muallifi» risolasiga quyidagi shartli belgi qo’yilgan: Sh- 4702620201-116 M352(04)-92 qat’iy bu- yurtma 91. Bunda: Sh — mualliflik belgisi (muallif familiyasining yoki kitob no- Mining bosh harfi); bu ushbu kitobning bibliografik tasviri «Sh» harfi b-n boshlanadi, kitobni va uning tasvi- ri yozilgan kartochkani alifbo bo’yicha «Sh» harfiga joylashtirish lozimli — gini ko’rsatadi. 4702620201 — «kitob nashr qilish uchun adabiyotlarni tasnif- lashning yagona jadvali»dagi kitobni kitob javonidagi o’rnini aniqlashga, kitoblarni nomma-nom hisobga olishda guruhlarga ajratishni engillashtirish- ga, ro’yxatga olishda va h.k.da yordamchi belgidir; 116 — nashriyot chikargan ki- toblarning tartib raqami; M 352 — bu G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasining belgisi; 04 — shu na- shriyot bo’ysunuvchi muassasaning belgi- si; 92 — kitobning nashr qilingan yili; qat’iy buyurtma 91 — shu nashriyotning 91 yilgi rejasidagi kitobning ro’yxatga olingan raqami; 2) kitobning xalqaro standart raqami (ISBN, International standard book number) — xalqaro ku- tubxonachilik-bibliografik tashkilot- larda ro’yxatga olinadigan nashrlarga beriladigan maxsus belgi; ISBN tomo- nidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Xalqaro va milliy matbuot agentligi tomonidan har bir kitobni aynan ten- glashtirish maqsadida beriladigan ISBN harflardan va defis yordamida 4 guruhga ajratilgan 10 sonli koddan iborat: Mac: 5-635-01092—X Kitob O’zbekistonda nashr qilingan (O’zbekiston davlat kodi 5), G’. G’ulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi tomonidan nashr etilgan (nashriyot kodi 635); kitob sarlavhasi 01092 tartib ra- kami b-n maxsus ro’yxatdan aniqlanishi mumkin. Oxirgi «X» harfi nazorat bel- gisi; uning yordamida ISBN to’g’ri tuzil- ganligi tekshiriladi. Ayrim kitoblar- da ISBN bir nechta berilishi mumkin, bu holda shu davlat nashrining xalqaro raqami ko’rsatiladi. Turkum (seriyali) nashrlarning Xalqaro standart raqami (ISSN — International standard serial number) ish- lab chiqilgan va tasdikdangan. Standart- lashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot b-n kelishilgan holda har bir turkumli nashr (uning har bir soni, jildi)ga be- riladi, u ham raqamli koddan iborat, ma’lumotlarga mashinada ishlov berish- da nashrlarning nomini aynan tenglash- tirishga imkon beruvchi 8 rakamdan tash- kil topadi. Mac: ISSN 0235-9715. ISBN va ISSN EHM yordamida mav- jud va yangi olingan nashrlarni hisobga olishni oqilona tashkil etishga imkon beradi, bu, o’z navbatida, buyurtmalar va ularning bajarilishi, kutubxonalarda kitob berilishini nazorat qilish sifa- tini oshiradi va h.k.; 3) kitob egasining belgisi; q. Ekslibris. Hamroxon Mamatraimova.