«Kitobxon» jamiyati
«Kitobxon» jamiyati — ki- tobsevarlarni birlashtirgan jamoat- chilik tashkiloti. 1974 y.da Respubli- ka kitobsevarlar ko’ngilli jamiyati si-fatida tashkil etilgan. 1998 y.da alohida faoliyat olib borayotgan tosh- kent sh. kitobsevarlar ko’ngilli jamiyati b-n birlashtirilib, Respublika «K.»j. ga aylantirildi; viloyatlarda uning bo’limlari mavjud. «K.»j.ning vazifasi xalqning kitob ishi va kitobxonlik, ki- tob nashri va taqsimoti sohasidagi ma- daniyatini o’stirish, kitob fondlari va shaxsiy kitob to’plamlaridan samarali foydalanish, ma’naviyat va axloqiy asos- larni qaror toptirishga, tarixiy, mil- liy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash va rivojlantirishga ta’sir etishdan iborat. Bu sohada muzeylar, istirohat boglari, shaxar kitob savdosi birlashma- si, turli madaniyat markazlari b-n hamkorlik qiladi, turli tadbirlar (ki — tob ko’rgazmalari, adabiy-musiqiy uchra- shuvlar, kechalar, tanlovlar, ma’ruzalar) o’tkazadi. Ayni davrda Mehribonlik uylari va b.ga xayriya yordami sifatida axrli to- monidan sovg’a qilinadigan kitob fondi («kitob banki»)ni yig’ib bormoqda. Ja- miyat qoshida «haqiqat» munozara klubi faoliyat ko’rsatmokda. Hamroxon Mamatraimova.