Kivsyaklar
Kivsyaklar — ikki juftoyoqlilar kenja sinfiga mansub ko’poyoqlilar; Julida, Spirobolida, Spirostri ptida turkum- larining umumiy nomi. Uz. 1-30 sm, tana shakli tsilindrsimon. Anamorfoz (q. Metamorfoz), ayrim turlari perio- domorfoz orqali rivojlanadi. Bunday rivojlanishda erkagi tullab lichinkaga aylanadi; lichinka tullab yana voyaga etgan davrga o’tadi yoki lichinka davrida qoladi. Ayrim K.ning bezlari suyuqligi zaharli. 30 mingdan ortiq turi, asosan, tro- pik, subtropik va dasht mintaqalarida tarqalgan. O’rmonlarda kulrang Kiv- syak (Rossiulus kessleri), qum kivsyaki (Shizophyllum sabulosum), Qrim kivsya- ki (Pachyiulus fl avipes) keng tarqalgan. K. o’simlik qoldiklari b-n oziqlanib, tuproq hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega. Ayrim turlari o’simliklarga ziyon keltiradi (q. Ikkijuftoyoqlilar).