Klan
Klan (keltcha clan-nasl, urug’, avlod)-kelt xalqlarida urug’, ba’zan qabila nomi. Keyinchalik, urug’chilik munosabatlari yemirilishi davrida, taxmin etilgan urug’ boshlig’i ismi bilan atalgan qadimgi urug’ avlodlari bo’lgan qon-qarindoshlarning yirik guruhlari. Bunda shotlandlar va irlandlarda umumiy ismga “o’g’il”, “o’g’li” ma’nosini anglatuvchi “Mak” qo’shimchasi qo’shila boshlangan (masalan, Mak Kartli, Makdonald); irlandlarda buning boshqa bir shakli ham bo’lib, ism oldiga “O” (“nabira”) qo’shimchasi qo’shilgan (masalan, O’Konnor). Klan urug’chilik tuzumiga xos bo’lgan yerning umumiy mulkligi va boshqa udumlar (xun olish, umumiy kafillikka olish va hokazolar)ni saqlab qolgan. Shotlandiya hamda Uelsning ayrim rayonlarida Klan XIX asrgacha saqlangan.