KLAPEYRON-KLAUZIUS TENGLAMASI
KLAPEYRON-KLAUZIUS TENGLAMASI — 1-tur fazaviy o’tish (bug’lanish, sublimatsiya, erish va hokazolar) holatidagi toza moddaning bosimi r bilan mutlaq temperatura 7~si orasidagi bog’lanishni ifodalaydigan differentsial tenglama. Klapeyron — Klauzius tenglamasi 1-tur fazaviy o’tishning egri chizig’ini aniqlab beradi. Tenglamani B. Klapeyron ishlab chiqqan (1834) va R. Klauzius asoslab bergan va takomillash- tirgan (1850). Tenglama faqat toza moddalargagina emas, balki eritmalarga va ularning ayrim komponentlariga ham tatbiq etiladi.