Kleftlar
Kleftlar (yangi yunon klephtes-ayni ma’nosi o’g’rilar)-adabiyotlarda XVII asr-XIX asr boshlarida turk hukmronligi va yunon zamindorlariga qarshi kurashgan dehqon-partizanlarnig nomlanishi. O’zlarini palikarlar deb atashgan. Usmoniylar nazoratidan tashqarida bo’lgan tog’li rayonlarda joylashganlar. Ularga qashshoq dehqonlar, qochoq jinoyatchilar, jamiyat tomonidan chetga chiqarib qo’yilgan shaxslar qo’shila borgan. Kleftlar orasida vendetga (qasos)dan, soliqlardan, qarzlardan va hukumat ta’qibidan qochgan kishilar ham ko’p edi. Gretsiyaning ozodlik kurashida Kleftlarning ham roli katta bo’lgan.