Kleyn (Klein) Lourens Robert

Kleyn (Klein) Lourens Robert (1920.14.9, Omaxa, AQSh) — Amerika- lik iqtisodchi, Ekonometrika asoschi- laridan biri. Oksford un-ti (Angliya) qoshidagi statistika in-ti xodimi (1954-58), Pensilvaniya unti (AQSh) iqtisodiyot prof. (1958 y.dan). K. yarat- gan iqtisodiy faoliyatning ekonome- trik modellari AQSh, Isroil, Meksika va Yaponiya iqtisodiyotlarining rivoj- lanishi istiqbollarini aniqlashda qo’llanilgan. K. iqtisodiy nazariyani amaliy vazifalarga tadbiq qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari bu sohadagi rivojlanishga yo’nalish berdi va jahon bo’yicha modellar yaratishga ta’sir ko’rsatdi. K.ning katta yutug’i — umumiy keynschilik modelini statistik shaklga keltirganligi bo’ldi. Uning yirik asarlari: «keynschilik re- volyusiyasi» (1947), «Ekonometrika da- ryoligi» (1953). Shuningdek, uning bozor konyunkturasi o’zgarishlarini oldindan aniqlashda qo’llaniladigan ekonometrik modellari ham Mikroiqtisodiyot muam- molarini xal qilishda muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1980).