Klimaks

Klimaks (Yun. klimakter — zina- poya), klimakteriya davri — jinsiy fao- liyatning susayib, keksaya borish davriga o’tish pallasi. Ayollarda xam, erkaqlarda ham kuzatiladi. K.ning yuzaga kelishi jinsiy bezlar faoliyatining susayishi b-n birga organizmda vaqtincha ro’y bera- digan o’zgarishlarga asoslangan. K.da ayol- larning hayz ko’rishi o’zgaradi; gipotala- mus — gipofiz — tuxumdonlarda funk- tsional o’zgarishlar vujudga keladi. Hayz qoni to’xtab-to’xtab keladi, ba’zan ko’p va uzoq ketib, nihoyat butunlay to’xtaydi (menopauza). Yurak-tomir va nerv si- stemasining funktsiyasi bo’ziladi: bo- shiga qon ko’p kelib, yuzi qizaradi, ba- Dani avval qizib, keyin junjiydi va sovuq ter bosadi, halloslaydi, qulog’i shang’illaydi; ayol salga qo’zg’aluvchan yoki ma’yus bo’ladi, xotirasi pasayadi, sa- babsiz betoqat bo’ladi, boshi og’riydi, uyqusi bo’ziladi va h.k. Ba’zan yuragi o’ynaydi, yurak sohasida og’riq sezila- Di. K.da paydo bo’ladigan alomatlar or- ganizmning umumiy holatiga bogliq. Ko’pchilik ayollarda sezilarsiz o’tishi, bu ularning umumiy ahvoliga ta’sir etmas- ligi ham mumkin. K. davri og’irroq kech- ganida qalqonsimon bez faoliyati (yurak o’ynashi, qo’l qaltirashi) va moddalar al- mashinuvining buzilishi (ayol semirib yoki juda ozib ketadi), ruhiy iztirob, xayajonlanish, nevroz, psixopatiya va b. xrlatlar kuzatiladi. K., odatda, 45-50 yoshlarda boshla- nadi, u odatdagidan ertaroq (40 yoshgacha — erta K.) yoki kechroq (55 dan keyin — kechikkan K.) ro’y berishi ham mumkin. Bu mehnat, turmush tarzi, iqlim sha- roiti hamda irsiy xususiyatlarga, shu- ningdek, ayolning etuklik davri qanday o’tganligiga (abort, tug’ish, jinsiy hayoti va b.) bog’liq. K. davrini o’tkazayotgan ayol ba’zan bo’yida bo’lib tug’ishi ham mum- kin. Erkaqlarda K. bir qadar kechroq— 60 yoshlarda kuzatiladi; neyro-gumoral o’zgarishlar, yurak sohasida og’riq, xo- tira va ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik va b. noxush alomatlar paydo bo’ladi. K., erkak yo ayol organizmida ke- chishidan qat’i nazar, unga xos dastlab- ki alomatlar paydo bo’lishi b-n vrachga uchrashish va tegishli maslahatlar olish zarur. D a v o s i : mehnat va dam olishni to’g’ri yo’lga qo’yish, miriqib uxlash, suv muolajalari, badan tarbiya; dori-dar- monlar — gormonlar, vitaminlar va b. buyuriladi.