Klinika

Klinika (Yun. kline — ko’rpa- to’shak)— stasionar (kasalxona) toifa- sidagi tibbiy muassasa; tibbiyot oliy o’quv yurtlari, vrachlar malakasini oshi- rish in-tlari, ilmiy tadqiqot in-tlari huzurida tashkil etiladi. K.da bemor- larni davolash b-n birga tadqiqot ishlari olib boriladi, tibbiyot in- tlarining talabalari va malakasini oshiruvchi vrachlar b-n nazariy va ilmiy mashg’ulotlar o’tkaziladi. K. shahar ka- salxonasi va b. davolash-profilakti- ka muassasalari bazasida ham faoliyat ko’rsatadi, ular klinik kasalxonalar deb ataladi. K. bazalarida klinik aspirantura va ordinatura mavjud bo’lib, asosan, vrachlar va ilmiy-peda- gogik kadrlar tayyorlanadi. Ko’p K.larda ayrim soxaga ixtisoslashtirilgan il- miy markazlar tashkil etilgan, u erda shu soha mutaxassislari o’z malakasini oshiradi yoki vrachlar shu sohaga ixtisos- lashtiriladi.