Kliring
Kliring (ing. clearing, clear — tozalash, ravshanlashtirish) — mam- lakatlar, kompaniyalar, korxonalar o’rtasida bir-biriga etkazib berilgan, sotilgan tovarlar, qimmatli qog’ozlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’zaro hisoblar yo’li b-n to’lovlar balansi shartlari asosida naqd pulsiz hisob- kitoblar. Banklararo K. va xalqaro va- lyuta K.lari bor. Banklararo K. banklar o’rtasida hisob-kitoblar o’zaro pul ta- lablarini hisobga olish yo’li b-n baja- riladi. Rivojlangan mamlakatlarning ichki hisob-kitoblarida chek va veksel K.lari qo’llaniladi. Valyuta K. almash- tiriladigan tovarlar ro’yxati, ularning narxi va etkazib berish muddatlari bel- gilangan xalqaro to’lov shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda valyu- ta faqat etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar o’rtasidagi farq mikdoridagina to’lanadi yoki o’sha tovar- dan yana qo’shimcha etkazib beriladi.