Klistron

Klistron (Yun. klyzo — to’lqin zarbi va (elek)tron) — o’zgarmas tokni o’zgaruvchan tokka aylantiruvchi o’ta yuqori chastotali (O’YuCh) elektron asbob; ishi O’YuCh elektr maydonida elektronlar tez- ligini modulyasiyalashga asoslangan (q. Modulyasiya). To’g’ri utishli (impulsli va uzluksiz ish rejimli) va qaytargichli xillari bor. To’g’ri o’tishli K.da (rasm) katod b-n nurlantirilgan elektronlar kirish, oraliq, so’ngra chiqish hajmiy rezonatorlar orqali uchib o’tib, ular- ning tezligi kamayadi va kinetik Energi- yasining bir qismi O’YuCh tebranishlari energiyasiga aylanadi. Qaytargichli K.da — rezonator oralig’ida tezlashtiril- gan elektronlar oqimi rezonatorning to’rlaridan o’tib, tormozlovchi maydon- ga to’shadi, bu maydon ta’sirida orqaga qaytib, yana rezonatorlar oralig’idan o’tadi. Birinchi o’tishda O’YuCh elektr maydoni elektronlar tezligini Modu- lyasiyalaydi, ikkinchi (teskari) o’tishida elektronlar guruhlangan bo’ladi, O’YuCh maydoni bu guruhni tormozlaydi va elektronlar kinetik energiyasining bir qismini O’YuCh tebranishlari energiya- siga aylantiradi. O’YuCh asboblari ichi- da qaytargichli K. eng keng tarqalgan. K. kosmonavtika, radiolokasiya, radio- astronomiya, televidenieda, tibbiyot, o’lchash texnikasi, radionavigasiya va b. sohalarda ishlatiladi.