Klizma

Klizma (Yun. klisma — yuvish), hu q n a — davo maqsadida to’g’ri ichakka anus orqali maxsus asbob yordamida suyuk,lik (ko’pincha suv) yuborishdan iborat ta- biiy muolaja. Tozalovchi, diagnostik, davo, dori va oziq K.lar farq qiladi. K. uchun maxsus noksimon rezina ballon (ba’zan maxsus qattiq uchlik qisqichi yoki jo’mragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) yoki Esmarx krujka- sidan (uni taqlif etgan nemis olimi- ning nomi b-n atalgan) foydalaniladi. Tozalovchi K. qabziyatpe., oziq-ovqatdan zaharlanganda, shuningdek, kasalliklar- ni davolashda, me’da-ichak yo’lini va kichik chanok, a’zolarini rentgenologik tekshirishdan, operasiyadan, tug’ishdan, dori va oziq K.dan oldin qo’llaniladi. Ba’zi bir davo K.si, ayni vaqtda, toza- lovchi K. o’rnini ham o’taydi (mas, moyche- chakli, gipertonik, yog’li va b. K.lar). Kat- ta yoshdagilar uchun o’rtacha 1l ga yaqin toza iliq suv kerak bo’ladi. K.ning ta’siri suyuqlik mikdoriga, uning tezlik b-n bo- sim ostida yuborilishiga bog’liq. D o r i K. dori ,moddalarning ichak shilliq par- dasiga ta’sir etishi va dorining orga- nizmga ichak orqali so’rilishini ta’min- lash maqsadida qo’llaniladi. Dori K.dan oldin, albatta, tozalovchi K. qilinadi. O z i q K. — sun’iy ovkatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh to’ziga va bir oz miqdorda bo’lsada, oziq moddalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qo’llaniladi. Bunday K.ni ham tozalovchi K.dan keyin o’tkazish lozim. K.ning bu xili vrach ko’rsatmasiga bino- an davolash muassasalarida o’tkaziladi. Bolalarga ham tozalovchi K., davo K.si va oziq K. qilinadi, bunda albatta uning yoshi (necha oyligi) hisobga olinadi. K. qilsam ichim yurishadi deb hadeb unga ruju qilaverish ham yaramaydi, aks holda to’g’ri ichakning turli kasalliklariga sa- bab bo’lishi mumkin.