Kloakalilar, tuxum qo’yuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar
Kloakalilar, tuxum qo’yuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar (Prototheria)— hoz. sut emizuvchilarning eng tuban tuzilgan kenja sinfi. Qazilma qoldiklari Avstraliya va Jan. Ameri- kada pleystosen davri qatlamlaridan ma’lum. Sut emizuvchilarning sudra- lib yuruvchilarga o’xshash umumiy ajdo- didan kelib chiqqan, lekin keyinchalik mustaqil rivojlangan. Bosh qutisi tog’ayining tuzilishi, bosh qutisi qopqog’i suyaklarining o’zaro nisbati, elka kamarida qorakoid va prokorakoid suyaklari bo’lishi, yuragi va bosh miyasi tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga o’xshaydi. Tanasining o’z. 30-80 sm. Voya- ga etgan K.da tish bo’lmaydi. Oshqozonida xazm bezlari yo’q. Jinsiy va ayirish si- stemasi nayi, ichagi kloakaga ochiladi. Tana harorati nisbatan past, 25° dan 36° gacha, 1-2 ta, ba’zan 3 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini xaltasida olib yuradi (EXID- na) yoki uyada bosib yotadi (o’rdakburun). Bolasini sut b-n boqadi. Sut bezlari so’rg’ichi bo’lmaydi. Suti terisi ustiga oqib chiqadi, bolasi uni yalaydi. Bitta turkum — bir teshiklilarni o’z ichiga oladi. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvi- neyada tarqalgan. 2 oilasi (exidnalar, o’rdakburunlar) bor. Soni kamayib ket- gan.