KLUJ UNIVERSITETI
KLUJ UNIVERSITETI, Babesh -Bolyay nomidagi Kluj universiteti — Ruminiyadagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. Kluj-Napoka shahrida. 1872 yil Venger (major) universiteti sifatida tashkil topgan. 1919 yildan Ruminiya universiteti. Mexanika, matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, falsafa, tarix, filologiya, huquq, iqtisod va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 6 mingga yaqin talaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1972 yil tashkil etilgan)da 2,5 milliondan ortiq asar saqlanadi.