Klyasterosporioz, tyoshikchali dog’lar
Klyasterosporioz, tyoshikchali dog’lar — danakli meva daraxtlarida Clasterosporium carpophilun zamburug’lari qo’zg’atadigan kasallik. Daraxtlarning bargi, kurtagi, guli, bo’g’imlari, meva- kurtak va kurtak shoxlari zararlanadi. Barglarda dumaloq och-qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lib, 1-2 haftadan so’ng te- shikchalar paydo bo’ladi. Novda va kurta- Klarda kichkina mayda tiniq to’q sariq, qizg’ish dog’lar paydo bo’lib, yoriladi, ulardan tiniq elimsimon modda ajra- lib chiqadi. Zararlangan novda va kurta- klar qurib qoladi. Mevalarda ham dast- lab mayda qizg’ish dog’lar, so’ngra zarar- langan joylarda yoriqlar, meva po’stida qora qo’tirsimon dog’lar yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha o’rik, shaftoli, olcha va gilosga katta zarar etkazadi. Zamburug’, asosan, zararlangan o’simlik qoldiqlarida miseliy yoki konidiya sha- klida qishlaydi. Bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’lganda kasallik avjlanadi. Kurash choralari: asosan, ko’zda za- rarlangan novda va shoxlar kesib, yoqib yuboriladi. Kech ko’zda yoki kurtaklar bo’rtishiga qadar mis kuporosi (3— 4%) yoki nitrafen (3%) purkaladi; kurta- klar bo’rtishiga qadar, daraxt guldan tushishi b-n va undan keyin 15— 20 kun o’tkazib Bordo suyuqligi, mis xlor oksi- Di, ko’prozan, tsineb, kaptan, ftalan kabi fo’ngisidlar eritmasi purkaladi. Maqsuda Eshonquloea.