KNYAZ

KNYAZ (ruscha) — 1) qabila boshlig’i, davlat yoki alohida mulk hukmdori. Knyaz (nemischa Furst) o’rta asrlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega bo’lgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida so’zlashuvchi mamlakatlarda Knyaz unvoni prince (lotincha princeps — birinchi so’zidan) so’zi bilan ifodalanadi. Rossiyada Knyazlarning kattasi — ulug’ Knyaz, qolganlari — viloyat Knyazlari deb atalgan; 2) avloddan-avlodga o’tgan faxriy dvoryanlar unvoni; podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan amaldorlarga ham in’om qilingan (18-asrdan).