Kobaltin, kobalt yaltirog’i

Kobaltin, kobalt yaltirog’i — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyo- viy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As — 45,3%, S — 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistemada kristalla- nadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/ sm3. Mo’rt. Elektrni yaxshi o’tkazadi. Gi- drotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va gidrotermal tomirlarda uchraydi. Oksidlanish zona- sida eritringa aylanadi. K. kobalt oli- nadigan asosiy xom ashyo hisoblanadi. O’zbekistonda Chaqilkalon tog’larida uchraydi, shuningdek, Oqtepa konida ham bor.