KOBDO
KOBDO, Jargalant — Mongoliyaning g’arbiy qismidagi shahar. Buyant-Gol daryosi bo’yida. Kobdo aymog’ining ma’muriy markazi. Aholisi 27,9 ming kishi (1999). Kobdo mamlakat g’arbiy qismining muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Transmongoliya avtomobil magistrali yonida. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, energetika sanoati rivojlangan. Junga ishlov beruvchi korxona, biopreparatlar fabrikasi, bosmaxona, avtomobillarni ta’mirlash zavodi, teatr bor. Shaharga 1731 yil asos solingan.