KO’CHMANCHI CHIGIRTKA

KO’CHMANCHI CHIGIRTKA, Osiyo chigirtkasi, to’qay chigirtkasi, qamishzor chigirtkasi, botqoqlik chigirtkasi (Locusta migratoria L.) — gala bo’lib yashovchi chigirtka turi. Yevrosiyodan Afrika, Avstraliyagacha bo’lgan joylarda, Yevropaning Janub qismi, Zakavkazye, O’rta Osiyo, G’arbiy Sibir Janub va uzoq, Sharqda tarqalgan. O’rta rus (L. m. rossica), Afrika (L.m. migratorioides), Sharq (B. m. manilensis) va asl Ko’chmanchi chigirtka (L. m. migratoria) kenja turlari mavjud; asosan, hamma ekinlarni, ayniqsa, boshoqlilarni ko’p zararlaydi. Ko’chmanchi chigirtka rivojlanishida ikki: tuda bo’lib yashovchi juda serharakat lichinkalik hamda gala bo’lib yashovchi qanotli bosqichlarni o’tadi. Lichinkalari to’dasi (ko’liga) oziq qidirib ma’lum yo’nalishda harakat qiladi va o’z yulida uchragan ko’katlarni yeb bitiradi. Ular soni siyraklashganda gala bo’lib yashash va ko’chib yurish xususiyatini yo’qotib, yakka yashovchi chigirtkalar paydo bo’ladi.