KODIFIKATSIYA

KODIFIKATSIYA (kodekslash) — qonunlarni tizimga solish; normativ huquqiy hujjatlar mazmunini qayta ishlash yo’li bilan ularni bir butunlikka keltirish jarayoni. Kodifikatsiyada mavjud normativ materialni shunchaki qayta ko’rish, joylashtirish bilan cheklanib qolmay, barcha mavjud normalar huquq tarmoqlariga muvofiq qaytadan ko’rib chiqiladi, qonunlarning eskirganlari olib tashlanadi, yangilari ishlab chiqiladi, kamchiliklari bo’lsa to‗ldiriladi, alohida normalar o’rtasidagi tafovut va qarama-qarshi jihatlar bartaraf etiladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon fuqarolik, oila, mehnat, soliq, jinoiy, ma’muriy javobgarlik qabilar to’g’risida 15 ta kodeks qabul qilinib, amalga kiritildi. Har bir kodeks o’z ichki mantiqiy mukammal tizimiga ega va uzoq muddatga mo’ljallangan.