Kodon

Kodon — genetik kodning muay- Yan (diskret) birligi. K. informasion ribonuklein kislotaning bir qismi bo’lib, triplet xarakteriga ega, ya’ni ketma-ket joylashgan uchta nukleotid- lar to’plamidan iborat. K. bitta amino- kislota qoldig’ini, oqsil sintezining boshlanishi (intsiasiya K.i) yoki tamom bo’lishi (terminasiya K.i)ni ifodalovchi belgi xisoblanadi. 64 ta K.dan 61 tasi aminokislotalarni, oqsil biosinte- zining boshlanishi va tug’allanishini ifodalaydi. Bitta aminokislotaga bit- tadan (fenilalanin) oltitagacha (Ley- Tsin) K. to’g’ri keladi. Yonma-yon turgan K.lar bir-birini qoplamaydi, ya’ni bi- rinchi K.ning oxirgi nukleotidi undan keyingi K.ning boshlang’ich nukleotidi bo’lolmaydi. K.lar universal xarakterga ega, ya’ni barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo’ladi.