KO’HITANG SERIYASI
KO’HITANG SERIYASI — yura davrining kellovey Oksford hamda BAT yarusiga taalluqli tog’jinslari kompleksi. Birinchi marta O’zbekistonning Janubdagi Ko’hitang tizmasida o’zbek olimlari tomonidan aniqlangan. Keyinchalik Ko’hitang seriyasi Hisor tog’larining Janub va Janubiy-g’arbiy qismida, Buxoro—ko’hna arkning g’arbiy devori. Xiva hamda Tojikiston depressiyasida keng tarqalganligi aniqlandi. Ko’hitang seriyasining qalinligi 200-500 metr bo’lib, gil, mergel, gips, ohaktosh va dolomitlardan iborat. O’zbekistonning g’arbi va Janub hamda Dushanba shahri yaqinida Ko’hitang seriyasidan gaz olinmoqda. Razvedka va qidiruv ishlarida Ko’hitang seriyasining stratigrafik ahamiyati katta.