KOIMBATUR

KOIMBATUR, Koyamputtur -Hindistonning Janubiy qismidagi shahar. Tamilnad shtatida. Aholisi 820 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari, shahar atrofi bilan 1,1 million). Temir yo’l tuguni. Mamlakatning Janubidagi to’qimachilik sanoatining yirik markazi. To’qimachilik mashinalari, elektromotorlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, kimyo, tsement sanoati korxonalari bor. Kino sanoati rivojlangan. Gips olinadi.