Ko’k somsa
Ko’k somsa — hamirli taom turi. Oshirma yoki oddiy hamirdan tayyorlana- Di. Oshirilgan hamirdan yong’oqday zu- valalar o’ziladi va jo’va b-n qalinligi 1 mm qilib jildlar yoyiladi. Yangi unib chiqqan otquloq, yalpiz, yo’ng’ichqa, jag’-jag’, ismaloq, sho’ra, tog’piyozi (ma- tor) kabi ko’katlarning bargpoyasi ko’k piyoz yoki bosh piyoz b-n birga chopiladi. Qiymaga tuz, qalampir (murch), jizza (mayda to’g’ralgan qo’y yog’i yoki dog’langan paxta yog’i) qo’shiladi. Jildga bir qoshiqdan qiyma solib tugiladi va tan- dirda (yoki duxovkada) pishiriladi. K.s. uchun ozroq yog’yoki eritilgan margarin, suvga tuz qo’shib yumshoq qilib hamir qoriladi. 10-15 min. tindirilgach, zu- valachalar Norin hamiridek yupqa qilib yoyiladi. O’rtasiga qiyma solib tugila- Di.