Ko’kayoz botig’i

Ko’kayoz botig’i — Qizilqumning shim. (Navoiy viloyati)dagi botiq. Shim.- g’arbdan Jan.-sharqga yo’nalgan. O’z. 18— 20 km, enio’rtacha 2-3 km. Bal. 160— 180 m. K.b. shimolida qumli balandlik (225 m) joylashgan, Jan. kumli tekislikdan iborat. Shim. yon bag’ri tikroq va zina- poyasimon pasayib boradi, ko’plab quruq soylar b-n parchalangan. Jan. yon bag’ri ancha yotiq (10°) va tekislikka tutash- gan. Botiqning tubi sho’rxok b-n band. Shim. yon bag’rida bo’r davri yotqiziklari yuzasi ochilib qolgan. Ular gipsli gil, mergel, alevrit, qumlardan iborat. Sho’rxok qismining chekkalarini bir yillik sho’ralar, qora saksovul, yulg’un egallagan. Qumli va cho’l tuproqlarda Iloq, qo’ng’irbosh, oq saksovul, jo’zg’un tarqalgan. K.b.ning g’arbida Ko’kayoz qishlog’i mavjud.