KO’KDUMALOQ NEFT-GAZ KONDENSAT KONI

KO’KDUMALOQ NEFT-GAZ KONDENSAT KONI — Qashqadaryo viloya- tining Bahoriston tumani hududidagi kon. Qarshi sh.dan 12 km g’arbda joylash- gan. Ko’rsatilgan hudud geofizik usul b-n ancha o’rganilgan. 1979-80-y.larda Jan. O’rtabuloq hududida o’tkazilgan seysmik razvedka ishlari natijasida Ko’kdumaloq strukturasi mavjudligi aniqlandi va chuqur quduqlar orqali qidiruv ishlarini olib borishga kiri- shildi. 1985 y.da sinalgan 2 qudukdagi rif karbonat yotqiziqlaridan ko’p miqdorda kondensat bo’lgan gaz olindi. Key-ingi qazish ishlari natijasida kellovey- Oksford karbonat yotqiziklarida o’z. 10 km, eni 4,5 km, bal. 250 m ga teng kelgan braxiantiklinal ko’rinishdagi rifga mansub struktura borligi aniqlandi. 1986 y.da 3-qudukdan yuqori yura davri karbonat yotqiziklariga mansub sanoat ahamiyatiga ega neft olindi. Konda 18 ta quduq qazilgan. Ulardan 1 tasi para- metrik, 3 tasi izlov, 14 tasi razvedka quduqlari. Shulardan 13 tasi mahsuldor. Ko’kdumaloq konidagi quduklar bu erda yura, bo’r, paleogen va neogen-to’rtlamchi davr yotqiziqlarining mavjudligini ko’rsatdi. Quduqlarning chuq. 3631 m gacha. Ko’kdumaloq strukturasi Chorjo’y pog’ovasiga mansub bo’lib, Dengizko’l platosining Jan.-Sharqiy qismida joy- lashgan. U Alan, Zevardi, O’rtabuloq kabi yirik gazkondensat konlari orasi- dan joy oladi. Kellovey-Oksford yotqiziqlarida strukturaning o’lchamlari kichrayadi hamda bo’yi 7 km, bal. 67 m ni (manfiy 2000 m li izogipsa bo’yicha) tashkil etadi. Kondagi quduqlarning mahsuldorligi yuqori. Ko’qtsumaloq konidagi mahsulot gaz-kondensat uyumidan iborat bo’lib, uning tagida yaxlit holatdagi neftli qatlam ham bor. Gaz-neft chizig’i -2771 m va suv-neft chizig’i -2830 m dan o’tkazilgan. Kondagi neftning zichli-gi 0,841—0,895 g/sm3 oralig’ida o’zgaradi, kondensatniki esa 0,799—0,815 g/ sm3 oralig’idadir. Kondagi neft-gaz kon- densat uyumining umumiy qalinligi 275 m ni tashkil etadi, neftli qismining qalinligi esa 59 m ga teng. Ko’kdumaloq koni qatlamlaridagi suv yuqori minerallashgan, undagi tuz miqdori 106—118g/l, o’rtacha po g/l ga tengdir. Suvlarda kaltsiy, magniy ko’p, sulfatlar 0,5—0,7 g/l, gidrokar-bo- natlar 0.1—0,8 g/l ni tashkil etadi. RN ko’rsatkichi 6-6,8 atrofida o’zgaradi. 1996 y.gacha konda hammasi bo’lib 103 quduq qazilgan, shulardan, 46 neft beruvchi quduqlar, 13 suv haydovchi quduklar, 17 gaz oluvchi quduqlar, 17 gaz \aydovchi, 10 kuzatuvchi quduqlar. Ko’kdumaloq koni respublika miqyosida olinayotgan neft va kondensatning aso- siy qismini beradi.