Ko’kpatos svitasi
Ko’kpatos svitasi – Markaziy Qizilqumdagi Ko’kpatos rudali maydo- ni hududida aniqlangan svita. Bo’kantov (Oltintov, qashqirtov, Turboy)da tarqalgan tokembriy yotqiziqlarini o’z ichiga oladi. A. S. Kushvar tomonidan 1939 y.da ajratilgan. M. O. Ahmadjo- Nov, R. N. Abdullaev va 3. M. Abduazimo- valar (1967-92) tomonidan svita hajmi va yoshiga aniqliklar kiritilgan. Barcha svita (arxar, Jongeldi, Ko’kpatos va jusquduq) jinslari ichida eng ahamiyatlisi K.s. jinslari bo’lib, umumiy qalinligi 1500 m dan ziyod. Bar- cha oltin rudali konlar va b. ruda ko’ri- nishlari shu svitada joylashgan. Svita kesmasining pastki qismi (100 m), aso- san, kvarsitlardan va turli slaneslar- dan, ustki qismi (100-150 m) esa do- lomit va dolomitlashgan ohaktoshlardan iborat. Svitaning o’zi kvars karbonatli hosilalar b-n birga uglerodli kvars- xlorid, gilli xlorid, gilli slyuda va kvars-dala shpatli qumtoshlardan tuzil- gan. Metamorfizm da-rajasi bo’yicha u yashil slaneslar fasiyalariga mos kela- Di. Bu svita jinslari listvenitlanish, kvarslanish va sulfvdlanish kabi gi- drotermal o’zgarish jarayonlariga uchra- gan. Rudali zonalar chegarasidagi sul- fidlarning o’rtacha miqdori 10 dan 25% gacha o’zgarib turadi.