Ko’ksaroysoy

Ko’ksaroysoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtog’tizmasi- ning yon bag’ridagi (1650 m) buloqlardan boshlanadi o’z. 45 km, havzasining mayd. 288 km2. Yuqori qismida Takaboysoy, Darasoy, Sharloqsoy, o’rta qismida Ko’rasoy deb ataladi. Yong’oqlisoy irmog’i kelib qo’shilgach (Chinor qishlog’i yaqinida), K. nomini oladi. Zarafshon daryosiga etmasdan Xo’jako’l qishlog’i yonida tugaydi. K. yon bag’irlari yotiq va baland bo’lmagan ancha keng vodiyda sayoz va Toshloq o’zanda oqadi. Kattaqishloq va Terpoya qishloqlari oralig’ida K. tor dara hosil qilib Qoratog’tizmasini ke- sib o’tadi. So’ng uning vodiysi yana kengaya boradi. Havzasi yog’in kam yog’adigan pastak tog’larda bo’lganidan K. kamsuv. Yillik o’rtacha suv sarfi 1 m3/sek. Asosan, yomg’ir va buloqdardan to’yinadi. Mart—may oylarida 4-6 m3/ sek, qolgan vaqtlarda 0,6—08 m3/sek suv oqadi. K. vodiysida 1000 ga dan ortiqroq sug’oriladigan er bor. K. vodiysi bo’ylab Sharloq, Chinor, Kattaqishloq, Terpoya, Xo’jalar, Podaga- Ron, Choshtepa va Baxrin kabi qishloqlar joylashgan.