KO’KTEPA TOG’LARI

KO’KTEPA TOG’LARI — Hisor tiz- ma sidan Jan.-g’arbda, Qashqadaryo VI- loyatida joylashgan. Shim.-sharqidan Tanhozdaryo va Jan.-g’arbidan Qizildaryo oqib o’tadi. K.t. Jan.-sharqdan shim.-G’arb tomon cho’zilgan, eng baland joyi 1444 m (Ko’kbuloq cho’qqisi), o’z. 8-10 km, gum- bazsimon shaklda. Asosini paleozoyning kristalli ohaktosh, slanes, qumtoshlari, etaqlarini yura, bo’r va neogenning terrigen jinslari tashkil qiladi. Suvayirg’ich qismi faqat Ko’kbuloq cho’qqisi atrofida yaxshi ifodalan- gan, tub jinslar yuzasi ochilib qolgan. Muvaqqat oqimli soylar (Sho’rsoy, el- gunsoy) tor darasimon vodiylardan oqib o’tadi. Ular Qizildaryo va Tanhozdaryoga yo’nalgan. Yon ba-g’irlarning quyi qismlari to’q bo’z, yuqori qismi jigar- rang tog’tuproqlari b-n qoplangan. Tog’ yon bag’irlarida tog’olcha, bodom, yong’oq, do’lana, na’matak, tog’tepalarida siy- rak archa, o’t o’simliklaridan bug’doyiq, kovil, tog’shuvog’i, efemerdar o’sadi. Yay- lovlar mahsuldorligi gektariga o’rtacha 1-4 ts.