Kolbasa mahsulotlari

Kolbasa mahsulotlari — be- vosita iste’mol qilishga tayyor oziq- ovqat mahsulotlari. Go’sht, yog’hamda hayvon va o’simliklardan olinadigan yordamchi mahsulotlar qo’shib tayyorla- nadi. K.m.ga dudlamalar (q. Dudlash), pishirilgan (shu jumladan, sosiska va sardelkalar), qiymali, Liver, hayvon qonidan tayyorlangan, yarim dudlangan, (pishirilib dudlangan, nam dudlangan) kolbasalar kiradi. K.m. umumiy iste’- mol, davo-parhez va bolalar iste’mo- liga mo’ljallangan turlarga bo’linadi. K.m.ning ayrimlari konservalar holida ishlab chiqariladi. K.m. tayyorlashda mol, cho’chqa, oz miqdorda qo’y, parranda va quyon go’shti ishlatiladi. Ichiga tur- li qo’shimchalar: sut oqsili, un, krax- mal, yormalar, ziravorlar va b. solinadi. Ko’pgina K.m. uchun qiyma (qiymalangan go’shtga yog’va turli qo’shimchalar ara- lashtiriladi) tayyorlanadi, so’ngra uni qobiqqa tiqib yoki maxsus qoliplarga solib olingan yarim fabrikatlar qovuriladi, qaynatiladi yoki dudlab, so’ng zarurat bo’lganda quritiladi va sovitiladi. K.m. ni sovitilgan holda saqlash muddatlari: nam dudlangan kol- basalar — 9 oygacha, pishirib dudlanga- ni — 4 oygacha, yarim dudlangani — 15 sutkagacha, pishirilgani — 2 sutkagacha, liverli — 24 soatgacha. O’zbekistonda turli K.m. go’sht k-tlari va xususiy korxonalarda ishlab chiqariladi.