KOLLODIY
KOLLODIY (Yunoncha kollodes — yopishqoq, qovushqoq) — nitrosellyulozaning 1:7 nisbatda olingan etil spirit va efirdagi 4% li eritmasi. Rangsiz yoki sarg’ish moysimon suyuqlik. Xirurgiyada bog’lamlarni mahkamlashda ishlatiladi. Kollodiydan elastik materiallar tayyorlash uchun unga 3% kanakunjut moyi qo’shiladi.