KOLONNA

KOLONNA (harbiy ishda) — harbiy xizmatchilar, mashinalar va motorlash- tirilgan harbiy texnikaning birin- ketin joylashtirilishi. Kolonna bo’linma va qismlarni safar chog’ida yoki jang maydonida safga tizishda qo’llaniladi. Kolonna harakatining oldida boruvchi harbiy xizmatchi yoki bo’linma boshlovchi Kolonna, so’nggida boruvchi esa oxirgi Kolonna deb nomlanadi. Kolonna boshidan so’nggigacha bo’lgan masofa ichkari (lik) deb yuritiladi. Harbiy dengiz flotida Kolonna flotning bir necha qatorga saflanishini bildiradi.