KOLORADO UNIVERSITETI
KOLORADO UNIVERSITETI -AQShdagi yetakchi universitetlardan biri. 1861 yil tashkil etilgan. Boulder Kampusi (shaxarchasi), Denver markazi, Denver tibbiyot markazi, Kolorado-Spring Markazini o’z ichiga oladi. San’at, musiqa, muhandislik, atrof muhitni o’rganish, sanoat va xo’jalikni boshqarish, pedagogika, jurnalistika, huquq, tibbiyot, farmakologiya va boshqa sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 39 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonasida 1,3 milliondan ortiq asar saqlanadi.