KOLUMBUS

KOLUMBUS — AQShning shimoliy- Sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatining ma’muriy markazi. Sayoto daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 711,4 ming kishi (2000). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markaz. Metallsozlik va mashinasozlik (jumladan, radioelektronika, elektrotexnika, vagonsozlik, qishloq xo’jalik va aviakosmik mashinasozligi va boshqalar) rivojlangan. Kimyo, poligrafiya va oziq- ovqat (asosan, go’sht sanoati) korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1812 yilda asos solingan.