KOLXIDA PODSHOLIGI
KOLXIDA PODSHOLIGI — G’arbiy Gruziya hududida kolxlar tomonidan tuzilgan ilk quldorlik davlati (miloddan avvalgi 6-2-asrlar). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi 4-asrda barcha gruzin qabilalarini birlashtirishga harakat qilgan; bu yerda hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik rivojlangan, kumush tanga «kolxidka»lar zarb etilgan (miloddan avvalgi 6-asr). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi 6-asrning oxirida Eron, miloddan avvalgi 2-asrda Pont podsholigi, so’ng Rim tomonidan zabt etilgan.