KOLYURIYA

KOLYURIYA (coluria) — ra’nodoshlar oilasiga mansub ildizpoyali ko’p yillik o’t. Yo’g’on ildizpoya hosil qilib o’sadi. Ildiz bo’g’zi barglari bandli, poyadagila- ri bandsiz, mayda. Guli sariq, yakka yoki to’pgul. Mevasi ko’p yong’oqli. Jan. Si- bir, shim. Mo’g’uliston va Xitoyda 5-7 turi bor. Oltoy, Sharqiy Qozog’iston, Krasnoyarsk ulkasining Jan. va Tuvadagi dasht va Toshloq tog’yon bag’irlarida bir turi uchraydi. Ildizpoya va ildizidan eV- genolli efir moyi olinadi. Mahalliy xalq ildizpoya va ildizini choy sifatida va tamakini xushbo’y qilish uchun ishla- tadi.