Komandor orollari

Komandor orollari — tinch okean b-n bering dengizi oralig’idagi orollar. RF Kamchatka viloyati tarkibi- da. Umumiy mayd. 1848 km2. Bazalt va andezitlardan tuzilgan. Relefi tog’li. Bal 751 m gacha. Zilzila bo’lib turadi. Iqlimi okean iqlimi. Yozi salqin. Avg. ning o’rtacha t-rasi 10°, Fev. niki — 4°. O’rtacha yillik yog’in 500 mm. Okean o’tloqlari va tog’tundrasi b-n qoplangan. «Qushlar bozori» bo’lib turadi, den- giz mushugi, sivuch va kalan (Kamchatka qundo’zi) bor. Aholi, asosan, baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, darranda- chilik (ko’k shimol tulkisini urchitish) b-n shug’ullanadi. 1741 y.da shu Orol- larni ochgan va komandor unvoniga ega bo’lgan V.Bering nomiga qo’yilgan.