KOMBINASIYALANGAN DRENAJ
KOMBINASIYALANGAN DRENAJ -ortiqcha grunt suvlarini oqizib yuborish maqsadlarida quriladigan gorizontal zovurlar va suvi otilib chiquvchi quduklar tarmog’i. Tuproq- grunt tuzilishi ikki qatlamli hollarda, ya’ni suvni suet o’tkazadigan qatlam (qalinligi 5-12 m) tagida yuqori fil- trasiya koeffisientga ega bo’lgan qatlam yotganda qo’llaniladi. Odatdagi zovur- larga ostki qatlamdan grunt suvlari oqib chiqishini kuchaytirish uchun ularga vertikal quduqlar — kuchaytirgichlar qo’shiladi. Zovurlardagi suv sathi va drenajlar oralig’idagi er osti suvlari bosimi har xilligi tufayli grunt suv- lari o’zi oqib keladi. Suv yig’ilishini kuchaytiruvchi vertikal quduqning dia- metri 200-500 mm bo’lib, suvli qatlam joylashgan (q. Kaptaj) chuqurlikkacha kavlanadi; quduqqa filtrli (ishchi) quvur (metall, asbes-tsement, polie- tilen, sopol va sh.o’.) tik o’rnatiladi. Quvurning tepa uchiga uch yo’nalishli suv taqsimlagich o’rnatilib, undan quduq ishi kuzatiladi va joriy tuzatish ish- lari o’tkaziladi. Quduqlar ochiq va yopiq drenaj tarmoqlarida, shuningdek, berk vodovodlarda qo’llaniladi. Ular zo- vurlar bo’ylab bir-biridan 50-500 m oralikda quriladi, xar bir quvurdan chiqadigan suv sarfi 2-5 l/s ga boradi. K.D. — fenajning nisbatan yangi usu- li. K.D.ning yirik tarmoqlari qarshi cho’li, Xorazm va Buxoro vohalarining o’zlashtirilayotgan erlarida barpo qilingan. K.D. drenaj tarmoqlari uzun- ligini 2-3 marta qisqartirish imkoni- yatini beradi; kuchaytirgich quduqlarni berk vodovodlar b-n birga qurish nati- jasida tarmoqni loyqa bosmaydi, bu esa meliorasiya tizimini ishlatishda xara- jatlarni kamaytiradi. Masharif Boqiev.