Kometalar
Kometalar (yunoncha kometes — sochi uzun) — Quyosh sistemasidagi jismlar; planetalar kabi harakat qiladi. 500 dan ortiq kometa ma’lum. Kometaning yadrosi, bosh qismi va dumi bo`ladi. Kometaning yadrosi eng yorug` qismi bo`lib, yulduzga o`xshaydi. Ba’zi bir kometaning dumi bir necha yuz mln. km keladi, lekin juda siyrak gaz va changlardan iborat bo`ladi.