Ko’mik

Ko’mik — odam va ko’pgina umurtqali hayvonlarning suyak bo’shlig’ini to’ldirib turadigan to’qima. Qizil (qizg’ish) va sariq tusli (yog’simon) K. farq qilinadi. Qizil K. myeloid to’qimadan hosil bo’lib, asosan, tarkibi- da qon yaratuvchi (poyasimon hujayralar) va etiltiruvchi hujayralarni tutgan retikulyar tuqimadan (biriktiruvchi to’qimaning bir xili) iborat. Odam va sut emizuvchi hayvonlarda asosiy qon yaratiladigan a’zo. Eritrositlar, do-vador leykositlar, trombositlar va limfositlar K. da hosil bo’ladi. Ko’pgina sut emizuvchilar, xususan, odam- da ham bola hayotining 1-yilida hamma suyaklar K. b-n to’la bo’ladi, yosh kattalash- gan sari yog’hujayralari ko’payishi na- tijasida K. ning qizil rangi keta bosh- laydi va yirik suyaklar bo’shlig’idagi K. yog’to’qimasi b-n almashinib, ilikka ay- lanadi. Qizil K. faqat g’ovak suyak mod- dalarida (qovurg’alarda, to’sh, kalla suya- gining asosi, chanoq, umurtqalar va b.da), shuningdek, ba’zi umurtqalilarning (kemiruvchilar, qushlarda) barcha suyak bo’shliqlarida bir umr saqlanib qoladi. Sariq K. (ilik), asosan, yog’to’qimasidan iborat bo’lib, naysimon suyaklarning diafiz qismini to’ldirib turadi. Or- ganizm ko’p qon yo’qotganda ilik K.ga aylanib, qon hujayralari ishlab chiqara boshlaydi.