KOMISSIYA HAQI

KOMISSIYA HAQI — mijozlarni sug’urtaga tortganligi uchun sug’urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug’urta brokeri, agent) to’lanadigan haq. Komissiya haqining miqdori sug’urtaning turiga va kelib tushgan badalning hajmiga bog’liq holda sug’urta badaliga nisbatan foizlarda to’lanadi.